
Davlat sizning omonatlaringizni qanday himoya qiladi
O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevraldagi «Banklarda omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni har bir omonatchiga bitta bankda 200 mln so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ning qaytarilishini kafolatlaydi — biroq bu qoida faqat qonun kuchga kirgandan keyin ochilgan omonatlarga taalluqlidir. Qonun kuchga kirishidan oldin ochilgan omonatlar uchun boshqa qoida amal qiladi: davlat ularni miqdoridan qatʼi nazar to‘liq hajmda kafolatlaydi.
Muhim jihat: kafolat faqat bitta holatda — bank tugatilganda — ishga tushadi. Kundalik hayotda bu kafolatdan foydalanishga hojat yo‘q, chunki bank o‘z majburiyatlarini omonatchilar oldida to‘liq hajmda bajaradi — buni bankning barcha mol-mulki taʼminlaydi.
Alohida — norezidentlar uchun soliqlar haqida: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 366 va 382-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxs oladigan bank omonatlari bo‘yicha foizlar 10% stavkada jismoniy shaxslar daromad solig‘i bilan soliqqa tortiladi.