06.11.2026

Hurmatli mijoz!
Bank operatsiyalari bilan bog‘liq jarayonlarni raqamlashtirish va markazlashtirish orqali xizmat ko‘rsatish sifati va tezligini oshirish maqsadida, «Kapitalbank» ATB tomonidan filiallar bosqichma-bosqich yagona kodli (MFO 01158) Bank xizmatlari markazlariga aylantirilmoqda hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘lgan mijozlarning bank hisobvaraqlari «Kapitalbank» ATBning Yagona filialiga (MFO 01158) markazlashgan xizmat ko‘rsatishga o‘tkazilmoqda.
Maqsad — xo‘jalik yurituvchi subyektlarga Bankning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi istalgan ofisida barcha bank xizmatlaridan (to‘lovlar, kassa xizmati va boshqalar) foydalanish imkoniyatini ta’minlashdir.
O‘tkazish jarayoni texnik xususiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Avval tuzilgan barcha shartnomalar bo‘yicha Sizning huquqlaringiz va Bankning majburiyatlari to‘liq va o‘zgarishsiz saqlanib qolinadi.
2026-yil 21-noyabrdan 22-noyabrga qadar «Kapitalbank» ATBning faqat Markaziy Amaliyet filiali va “Andijan” BXM, “Karshi” BXM, “Urgench” BXM, “Yunusabad” BXM mijozlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlarini MFO 01088 kodidan MFO 01158 kodiga rejali o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan, ushbu davrda quyidagi holatlar yuzaga kelishi mumkinligini INOBATGA OLISHINGIZNI SO‘RAYMIZ:
ehtimoliy texnik uzilishlar: tizimlarni o‘tkazish davrida xizmatlar va aloqa kanallari ishida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin;
integratsiya xizmatlari: joriy texnik integratsiyalar doirasida ma’lumot almashishda vaqtinchalik kechikishlar yoki ayrim xizmatlar ishida vaqtinchalik cheklovlar bo‘lishi mumkin;
axborot taqdim etish: hisobotlar va avtomatik so‘rovlarga javob berish tezligi vaqtincha pasayishi mumkin.
Quyidagi bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati saqlanib qolinadi:
Yuridik shaxslar uchun xorijiy valyutadagi to‘lovlar — 2026-yil 20 noyabr kuni odatdagi tartibda;
Yuridik shaxslar uchun konversiya operatsiyalari — 2026-yil 20 noyabr kuni odatdagi tartibda;
Korporativ biznes/KBS operatsiyalari — 2026-yil 20 noyabr kuni odatdagi tartibda;
Kassa operatsiyalari — 2026-yil 20 noyabr kuni odatdagi tartibda;
Jismoniy shaxslar uchun chakana bank operatsiyalari (xalqaro pul o‘tkazmalari, depozit operatsiyalari, valyuta ayirboshlash va kassa operatsiyalari) — 2026-yil 20 noyabr kuni soat 17:00 gacha;
Bankomatlar va to‘lov terminallari orqali operatsiyalar — 2026-yil 20 noyabr kuni odatdagi tartibda;
Kredit bitimlari bo‘yicha operatsiyalar — 2026-yil 20 noyabr kuni soat
17:00 gacha;Korporativ kreditlarni monitoring qilish — 2026-yil 20 noyabr kuni soat 18:00 gacha;
Milliy to‘lov tizimi (MTT) kliringi — 2026-yil 20 noyabr kuni odatdagi tartibda;
Tieto protsessing markazi orqali xalqaro to‘lov tizimlari (MPS) kliringi — 2026-yil 20 noyabr kuni soat 18-00 da boshlanib 19:30 ga yakunlanadi;
Bank bo‘linmalarida kartalarni ochish, to‘ldirish yoki naqd pul yechish operatsiyalari — 2026-yil 20 noyabr kuni odatdagi tartibda;
«Uzum Business» masofaviy bank xizmatlari tizimi ishlashi — 2026-yil
20 noyabr soat 23:00 da to‘xtatiladi hamda 2026-yil 22-noyabrgacha qisman cheklanadi;Mobil ilova ishlashi — 2026-yil 20-noyabrdan 2026-yilning 22-noyabrgacha qisman cheklanadi.
Bank ofislari ishlashi — 2026-yil 20 noyabr kuni odatdagi tartibda amalga oshiriladi.
2026-yil 23-noyabrdan boshlab barcha turdagi bank xizmatlari (to‘lovlar, kassa xizmati va boshqalar) belgilangan tartibda ko‘rsatiladi!
FAQAT «Kapitalbank» Markaziy Amaliyet filiali va “Andijan” BXM, “Karshi” BXM, “Urgench” BXM, “Yunusabad” BXM (MFO 01088) mijozlari — xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun:
2026-yil 23-noyabrdan bank hisobvaraqlaringiz rekvizitlari avtomatik ravishda o‘zgartiriladi. Shu bilan birga, amaldagi rekvizitlaringiz 2026-yil 23-noyabrdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi. Barcha bank xizmatlari «Kapitalbank» ATBning
Yagona filiali (MFO 01158) orqali belgilangan tartibda ko‘rsatiladi. Bu esa Sizga Bankning O‘zbekiston bo‘ylab istalgan ofisida bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Ushbu bildirishnoma sanasidan boshlab 6 oy davomida Bank va kontragentlar bilan amaldagi shartnomalarni yangi rekvizitlar asosida qayta rasmiylashtirishingizni hamda hamkorlaringizni rekvizitlar o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilishingizni so‘raymiz.
Amaldagi rekvizitlar «Internet Bank-Kliyent» tizimida joylashtirilgan. Mutaxassislarimiz Sizga zarur maslahat va yordam berishga doimo tayyor.
Hurmat bilan,
«Kapitalbank» ATB