06.11.2026

Kapitalbank yuridik shaxslar va masofaviy bank xizmatlaridan foydalanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yanada qulay bo‘lmoqda. Endi biznes ehtiyojlari uchun olingan kreditlarni Uzum Business | Kapitalbank ilovasining «Kreditlar» bo‘limi orqali so‘ndirish mumkin. Bankka borib vaqt sarflash, ko‘plab rekvizitlar ko‘rsatilgan to‘lov topshiriqnomalari va konvertatsiya arizalarini rasmiylashtirish hamda buning uchun komissiya to‘lash endi shart emas.
Xizmat barcha turdagi korporativ kreditlar, jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan kreditlar uchun ham milliy, ham xorijiy valyutada mavjud.
To‘lovni amalga oshirish uchun ilovaning mobil yoki veb-versiyasidagi «Kreditlar» bo‘limiga kirib, kerakli shartnomani tanlash va so‘ndirish variantini ko‘rsatish kifoya: «Grafik bo‘yicha» (jumladan, muddati o‘tgan qarzni so‘ndirish uchun), «Qisman muddatidan oldin» (faqat asosiy qarzni muddatidan oldin so‘ndirish) yoki «To‘liq muddatidan oldin» (kreditni yopish). Keyin pul yechib olinadigan hisobvaraqni tanlab, to‘lovni ERI bilan tasdiqlash kerak. Operatsiya tizimda bir zumda aks etadi. Komissiya yo‘q.
Jarayon qulay, shaffof va tajribasiz foydalanuvchi uchun ham tushunarli. Kredit xorijiy valyutada berilgan bo‘lsa, tizim kerakli summani hisoblab, ekranda ko‘rsatilgan konvertatsiya kursi bo‘yicha milliy valyutadagi hisobvaraqdan yechib oladi. Mablag‘larni konvertatsiya qilish uchun komissiya olinmaydi. Operatsiyalarni o‘tkazish bo‘yicha limitlar ham belgilanmagan.
— Biz biznes uchun odatiy moliyaviy operatsiyalarni tez va uzluksiz qilmoqdamiz. Yangi funksiya to‘lovlarni atigi bir necha bosishda amalga oshirish imkonini beradi, tadbirkorlarni ortiqcha byurokratiyadan va qimmatli vaqtini yo‘qotishdan xalos etadi, — deydi «Kapitalbank» ATB Korporativ kreditlashni monitoring qilish departamenti direktori Yekaterina Kuznetsova.
Xizmat imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotni korporativ mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatining 1278 raqami orqali yoki o‘z filialingizdagi Kapitalbankning kreditlash monitoringi bo‘limiga murojaat qilib bilib olishingiz mumkin.