20.10.2026

Kapitalbank mobil ilovasida banklararo pul o‘tkazmalarining yangi usuli — Tezkor to‘lovlar tizimi (TTT) asosidagi hamyon orqali pul o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Endi boshqa jismoniy shaxsga pul o‘tkazish uchun qabul qiluvchining karta raqami yoki bank rekvizitlarini kiritish shart emas. Uning hamyoni biriktirilgan telefon raqamini bilish kifoya.
Hamyon qanday ochiladi
«Mening hisoblarim» bo‘limiga o‘ting va «+» tugmasini bosing, so‘ngra «Hamyon ochish» bandini tanlang.
Shuningdek, «Hamyonlar» ilovasini ochib, tegishli bandni tanlash ham mumkin.
Hamyon bir zumda ochiladi va uni darhol to‘ldirish mumkin. Har bir mijoz o‘zbek so‘mida faqat bitta hamyon ochishi mumkin.
Hamyonni telefon raqamiga qanday biriktirish mumkin
Telefon raqami orqali banklararo pul o‘tkazmalarini qabul qilish uchun hamyonni oching, «Biriktirish» tugmasini bosing va amaliyotni SMS orqali kelgan kod bilan tasdiqlang.
Tasdiqlanganidan so‘ng, hamyon telefon raqamingizga biriktiriladi va boshqa foydalanuvchilar sizga karta raqami hamda bank rekvizitlarini kiritmasdan pul o‘tkazmalarini yuborishlari mumkin bo‘ladi.
Hamyon qanday to‘ldiriladi
Hamyoningizni ilovadagi hisobingizdan to‘ldirishingiz mumkin.
Pul o‘tkazmasi qanday yuboriladi
Hamyoningizni oching va «Hamyonga o‘tkazish» bandini tanlang.
Qabul qiluvchining telefon raqamini kiriting va uning boshqa bankda ochilgan hamyonini tanlang. Pul o‘tkazmasini amalga oshirish uchun telefon raqamining o‘zi kifoya — qo‘shimcha bank rekvizitlarini kiritish talab etilmaydi.
Tezroq va osonroq — bevosita ilovaning o‘zida.
Kapitalbank ilovasini yangilang va banklararo pul o‘tkazmalarining yangi usulini bugunoq sinab ko‘ring.
Ilovani yuklab olish: App Store | Google Play | App Gallery