09.11.2026

Kapitalbank Visa tomonidan Apple Pay xizmatini yo‘lga qo‘ygani uchun nufuzli Digital Wallets Launch Excellence mukofotiga sazovor bo‘ldi

Digital Wallets Launch Excellence mukofoti Kapitalbankning Apple Pay’ni joriy etishdagi yutuqlarini e’tirof etib, bankning zamonaviy raqamli to‘lov yechimlarini xalqaro texnologik standartlarga muvofiq rivojlantirish borasidagi muvaffaqiyatli faoliyatini tasdiqlaydi.

 

Apple Pay’ning ishga tushirilishi mijozlarning kundalik to‘lovlarini yanada qulay, tezkor va xavfsiz qildi. Visa kompaniyasining e’tirofi esa bankning innovatsiyalarni joriy etish hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasidagi intilishlariga berilgan yuksak baho bo‘ldi.

 

Kapitalbank raqamli infratuzilmani izchil rivojlantirishda, ilg‘or yechimlarni tatbiq etishda va mablag‘larni qulay hamda xavfsiz boshqarish uchun yangi imkoniyatlar yaratishda davom etadi.