ESG
31.05.2026
Toshkentda «Yashil Uyim» ilmiy-ekologik festivali bo‘lib o‘tdi — uning bosh hamkori «Kapitalbank» bo‘ldi. Tadbirning markaziy maydonchasi «Alpine Land» bog‘idagi (sobiq «Lokomotiv») «Eco-Coworking Kapitalbank» bo‘ldi.

«Kapitalbank Academy» ko‘magida ekofaol «Urikguli» tomonidan tashkil etilgan festival — shahar aholisini barqaror rivojlanish, ekologik madaniyat va ongli turmush tarzi g‘oyalari atrofida birlashtirdi.

«Eco-Coworking Kapitalbank» infratuzilmasi tufayli — maydoncha kun davomida mehmonlar uchun ochiq bo‘lgan o‘nlab interaktiv lokatsiyalar, ma’ruzaxona va oilaviy ijodiy makonlarga aylandi.

«MAIN JOY» sektorida — urbanistika bo‘yicha ochiq munozaralar, ilmiy blogging bo‘yicha sessiyalar, sovrinli o‘yinlar hamda qayta ishlangan qog‘ozdan otkritkalar yaratish bo‘yicha vorkshop bo‘lib o‘tdi. «KID’S JOY» bolalar hududida esa — jajji mehmonlar ota-onalari bilan birgalikda ilmiy tajribalarda hamda shisha va to‘qimachilik mahsulotlarini antsaykling (ikkilamchi hayot berish) bo‘yicha master-klasslarda qatnashdilar..

Tashkilotchilar ekologik odatlarni amaliyotga joriy etishga alohida e’tibor qaratdilar. «KUN BO‘YI JOY» zonasida — qayta ishlanadigan xomashyolarni yig‘ish punkti faoliyat ko‘rsatdi, u yerda mehmonlar plastik, batareya, qog‘oz, alyuminiy va ishlatilgan moylarni qayta ishlashga topshirishlari mumkin edi. Shu yerning o‘zida mahalliy eko-tovarlar marketi, «Second Chance» do‘koni va «SWAP» kitob almashish zonasi taqdim etildi.

«Bizning «Eco-Zone» hududimizda «Yashil Uyim» festivalini qo‘llab-quvvatlash — «Kapitalbank» ekologik va ijtimoiy tashabbuslarining davomidir. Biz nafaqat qulay yashil makonlar yaratishga, balki ularni ta’limiy mazmun bilan to‘ldirishga ham intilamiz. Bunday loyihalar shahar aholisida oddiy ekologik odatlarni shakllantirishga yordam beradi va avlodlarni atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish atrofida birlashtiradi», — deb ta’kidladi «Kapitalbank» ATB Kuzatuv kengashi Raisining maslahatchisi Oksana Lyndina.

Festival doirasida «Bring your cup» prinsipi amal qildi — mehmonlar ko‘p marta ishlatiladigan stakan va termoslardan foydalanishdi. «Kapitalbank Academy» esa «Suv Corner» faoliyatini tashkil etdi — u yerda tashrif buyuruvchilarga bepul ichimlik suvi, choy va kofe ulashildi.
«Kapitalbank» uchun — «Yashil Uyim» festivalidagi ishtirok shahar muhitini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uzoq muddatli strategiyaning bir qismidir. Bank ijtimoiy va ekologik tashabbuslarni rivojlantirishni davom ettiradi — yangi tortishish nuqtalarini yaratadi va ongli turmush tarzi amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlaydi.