04.11.2026

Kapitalbank uchinchi marta futbol faxriylarini bir maydonga jamladi

Toshkentdagi «Yoshlik» stadionida Kapitalbank tomonidan tashkil etilgan futbol faxriylari o‘rtasidagi uchinchi chempionat bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarning o‘rtacha yoshi 72 yoshni tashkil etdi. Musobaqa yana bir bor o‘yinni sevuvchi, jamoaviy ruh va g‘alaba sari intilish hayotining ajralmas qismiga aylangan futbolchilarni bir joyga jamladi.

Asosiy kubok uchun to‘rtta jamoa kurash olib bordi: Toshkent terma jamoasi, «Algoritm», «Sergeli» va Kapitalbankning korporativ jamoasi.

Turnir doirasida jami to‘rtta o‘yin bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqichda Toshkent terma jamoasi Kapitalbank bilan, «Algoritm» esa «Sergeli» bilan to‘qnash keldi. Ushbu uchrashuvlar natijalariga ko‘ra jamoalar yakuniy o‘rinlar uchun kurashni davom ettirdilar: Toshkent terma jamoasi va «Algoritm» 1 va 2-o‘rinlar uchun, Kapitalbank va «Sergeli» esa 3 va 4-o‘rinlar uchun bahs olib bordi.

Natijada sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

  • 1-o‘rin — Toshkent terma jamoasi;

  • 2-o‘rin — «Algoritm»;

  • 3-o‘rin — Kapitalbank;

  • 4-o‘rin — «Sergeli».

«Biz uchun ushbu turnirni ketma-ket uchinchi yil qo‘llab-quvvatlash katta sharafdir. Bu shunchaki sport musobaqasi emas, balki futbol rivojiga ulkan hissa qo‘shgan insonlarga hurmat bajo keltirish imkoniyati sanaladi. Ularning g‘ayrati, shijoati va g‘alabaga intilishi yosh faol hayot kechirishga hamda sevimli mashg‘ulotiga bo‘lgan ishtiyoqqa hech qanday to‘siq bo‘la olmasligini yaqqol ko‘rsatadi», — deya ta'kidladi «Kapitalbank» ATB Kuzatuv Kengashi Raisining maslahatchisi Oksana Lindina.

Turnir tantanali taqdirlash marosimi bilan yakunlandi. Ishtirokchilarga kuboklar, medallar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sport tashabbuslarini, shu jumladan faxriylar futbolini qo‘llab-quvvatlash Kapitalbank ijtimoiy faoliyatining muhim qismi bo‘lib qolmoqda. Bank sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga hamda faol uzoq umr ko‘rish an’analarini shakllantirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.