14.05.2026

Kapitalbank va UZCARD bilan BYD Yuan Up avtomobilini yutib oling!

Kapitalbank’ning 25 yilligi munosabati bilan aksiya o‘tkazilmoqda:

2026-yil 15-maydan 15-avgustgacha Kapitalbank’ning UZCARD kartasi orqali naqdsiz to‘lovlarni amalga oshiring va avtomobil yutug‘li o‘yinida ishtirok eting.

Qanday ishtirok etish mumkin:

— Aksiya davrida Kapitalbank’ning istalgan qulay filialida UZCARD kartasini rasmiylashtiring.

— Ushbu UZCARD kartasi orqali kamida 250 000 so‘mlik xaridlarni amalga oshiring.

Eslatma: aksiyada ishtirok etish uchun karta 2026-yil 15-maydan 15-avgustgacha bo‘lgan davrda emissiya qilingan bo‘lishi kerak.

POS-terminal va onlayn to‘lovlar hisobga olinadi.

Quyidagi operatsiyalar hisobga olinmaydi:
— kartalar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari;
— naqd pul yechib olish;
— mablag‘larni qaytarish (refund) operatsiyalari.

G‘olibni aniqlash marosimi 2026-yil 25-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Aksiya shartlari va batafsil ma’lumotlar —  Kapitalbank saytida yoki 1340 qisqa raqami orqali.