2025-yil 4-fevral kuni «Kapitalbank» ATB Kuzatuv kengashi Boshqaruv tarkibini kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bank Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari lavozimiga Ulug‘bek Uktamovich Tavakkalov tayinlandi.
Ulug‘bek Tavakkalov 20 yildan ortiq vaqt mobaynida mamlakat bank sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. U o‘z mehnat faoliyati davomida yirik banklarda kredit portfellarini boshqarish, chakana biznesni rivojlantirish va bank mahsulotlarini raqamlashtirish jarayonlarini muvaffaqiyatli boshqargan.
«Kapitalbank» ATB Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari sifatida Ulug‘bek Tavakkalov bankning chakana yo‘nalishini strategik rivojlantirish va millionlab mijozlar uchun moliyaviy mahsulotlar yaratishga e’tibor qaratadi.
— Joriy yilda biz xizmatlar sifati masalasiga alohida e’tibor qaratamiz, — dedi «Kapitalbank» ATB Kuzatuv kengashi Raisi Maksud Abdusamadov. — Ulug‘bekning tajribasi va bilimi bankning rivojlanishi, xizmatlari va imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, bozor pozitsiyalarini mustahkamlashga katta hissa qo‘shadi. Ishonchim komilki, u yangi lavozimda bank va mijozlar uchun yanada ko‘proq ishlarni amalga oshiradi.
Boshqaruv tarkibining sakkiz kishiga kengaytirilishi bankning nazorat funksiyalarini kuchaytirish va asosiy strategik tashabbuslarni tezroq amalga oshirish imkonini beradi.
Ulug‘bek Tavakkalovning tayinlovi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.

/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
1077