Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Visa Kapitalbank dan pul yutug'lari o'yinlari natijalari
28 Oct 2022

Visa Kapitalbank tomonidan tayyorlangan boy musiqiy shou-dasturi poytaxtliklarning yakshanba oqshomiga o'zgacha ko'rk bag'ishladi. Estrada yulduzlari ishtirokidagi tadbir Visa Kapitalbank ning pul yutug‘i o‘yinlari yakunlarini sarhisobiga bag‘ishlandi.

Bayramga eng katta pul mukofot sertifikatlarining omadli sohiblari taklif qilindi va ular Visa Kapitalbank vakillari bilan birgalikda bir sahnaga chiqdilar.

Shoxruhxon, Hamdam Sobirov va Rayhon chiqishlari orasida qiziqarli tanlovlar bo‘lib o‘tdi, ularda tomoshabinlarning gulduros qarsaklari ostida eng dadil tomoshabinlar raqsga tushdilar va qo‘shiq kuyladilar, so‘ngra brend esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Eslatib o‘tamiz, random usulida 59 ta pul yutug‘i o‘ynalgan aksiyada ishtirok etish uchun 15-oktabrgacha Visa Kapitalbank kartalari orqali 200 ming so‘mdan yoki 20 dollardan ortiq summada kamida bitta xaridni amalga oshirish kerak edi.

Yorqin esdalik sovg'alari yoki sertifikatlardan birining egasi bo'lmaganlardan xafa bo'lmasliklarini so'raymiz, chunki oldinda Visa Kapitalbank dan yana yangi tadbirlar bo'lib o'tadi. Barcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Pul sertifikatlari sohiblari ro'yxati

Foto tahlil
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 829

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech