Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Qanday qilib toʻgʻri savdolashish kerak? Qanday qilib xaridlarni foydaliroq amalga oshirish toʻgʻrisida Internet tarmogʻi va shaxsiy tajribadan toʻplangan maslahatlar
15 Aug 2019

Savdolashish sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi munosabatlarning mutlaqo oddiy holati. Tomonlarning har biri bitimni oʻzi uchun foydali shartlarda yakunlashni istaydi — bu borada allaqachon ushbu dunyoning madaniyati bir qismiga aylangan turli xil hiyla va nayranglar oʻylab topilgan.

Qanday qilib toʻgʻri savdolashish kerak

f128fee5188821f4f365401.jpg

Hattoki yirik doʻkonlarda xarid qilishda narxni tushirish imkoni mavjud. Albatta, kassa oldida savdolashishning imkoni boʻlmaydi, biroq supermarketlar va doʻkonlarning koʻpchiligi chegirmalar va aksiyalarning rivojlangan tizimini taklif etishadi. Agar ular haqidagi maʼlumotlar kuzatib turilsa, ayrim hollarda maʼlum miqdordagi pulni tejab qolish imkoni tugʻiladi.

Jamgʻarma va diskont kartalari

Bugungi kunda chakana bozorda ozmi koʻpmi rivojlangan ishtirokchi oʻzining eng sodiq mijozlariga chegirmalarni taklif etadi. Kartalar tizimi — yangi xarid uchun uchun kelishga insonni qoʻshimcha ravishda qiziqtirishi mumkin boʻlgan oddiy usul.

Standart misol avvaldan belgilangan summaga xariddan keyin kartani mijozlarga berishda oʻz ifodasini topadi. Siz tez-tez tashrif buyuradigan doʻkonda koʻp xaridlar qilish toʻgʻrisida bir oʻylab koʻring: tez-tez xaridlar vaqti kelib yetarli ravishda seziladigan foydaga aylanadi.

Brak yoki yaroqlilik muddati tugayotganligi uchun chegirma

Hattoki brak yoki muddati oʻtganligiga qaramay baʼzan tovar peshtaxtada qolish hollari uchrab turadi. Bu har bir mahsulot uchun ham xatarli emas, shuning uchun turib qolgan tovarni arzonroq xarid qilish yoki hattoki salomatlik uchun xavf-xatarsiz bepul olib ketish mumkin.

Notoʻgʻri qoʻyib chiqilgan mol baholari koʻrsatkichlari

Mol baholari koʻrsatkichi — bu tovar uchun narx haqida xaridorni xabardor qilishning asosiy usuli. Peshtaxtadagi boshqalar orasidagi tovarni tanlagan holda, mijoz qoʻyilgan narxga rozi boʻladi. Agar kassada sizga toʻlovda boshqa narxni taklif qilishsa, rad javobini bering va qoʻrqmasdan mol baholari koʻrsatkichidagi summada oʻz xaridingizni talab qiling.

Sohillar urushi. Sharqqa koʻchamiz

0aca175e384d6881be9675684.jpg

Konditsionerlar bilan sovutilgan savdo markazidan chiqqan holda biz muloqot va savdoning oʻzgacha qoidalari amal qiladigan bozorga tushib qolamiz.

Kechki bozor

Agar siz oziq-ovqat mahsulotlaridan nimanidir sotib olishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, kechga yaqin bozorga borishga urinib koʻring: savdogarlar har holda narxini tushirib berishlari mumkin, negaki tovar ertasiga bunchalik yangi boʻlmaydi.

Sipo kiyim

Bozor — agar siz tejashni istasangiz, farang usti yaltiroq ichi qaltiroq odam yoki soʻnggi modada kiyinish uchun eng mos keladigan joy emas. Oddiyroq kiyining va darrov xalqqa yaqin boʻlasiz.

Umumiy til

Bozorda chegirmaga erishish uchun qulay muloqotni oʻrnata olish muhim. Sotuvchiga uning tilida murojaat qiling. Hattoki agar siz oʻzbekcha yoki ruscha yomon gaplashsangiz ham, eng oddiy, muomaladagi soʻzlardan foydalaning: sotuvchi har qanday holatda siz aloqa oʻrnatishga harakat qilayotganligingizni koʻradi va gapga koʻnadigan boʻlib qoladi.


Xususiy savdo

a5019044b3d44f1549b8617221.jpg

Sotuvchi uchun tovarning qimmatini belgilab bering

Baʼzan sotuvchiga undan pul topishdan koʻra tovardan qutulish muhimroq boʻlib qoladi. Agar siz eski servant yoki pianinoni sotib olayotgan boʻlsangiz, tumbochkani ham sotib olishni taklif qiling va ularni oʻz kuchingiz bilan olib chiqib ketishni tashkil eting — shunda sizga narxdan oʻtib berishlarining ehtimoli katta boʻladi.

Barchasini ulgurji olib keting

Har bir inson oʻz vaqtini qadrlaydi — shundan foyda chiqarishga urinib koʻring. Tovarlarning maʼlum bir toifalari, masalan, kiyim-kechak yoki bogʻ anjomlarining sotuvi biroz choʻzilishi mumkin. Bu holda oʻrtacha chegirma uchun ulgurji bitimni sotuvchiga taklif qilish yaxshigina strategiyaga aylanadi.

Ochiqchasiga biroz chegirma qilishlarini soʻrab koʻring

Oldi-sotdi masalalarida biroz diplomat boʻlish foydali. Xushmuomala boʻling va sotuvchidan summaning qancha qismini oʻtib bera olishi mumkinligini toʻgʻridan-toʻgʻri soʻrang. Agar u sotuv bilan choʻzib oʻtirmaslikni istayotganligini his qilib turgan boʻlsangiz yoki uchrashuv joyi har kim ham borishga istak bildirmaydigan qandaydir chetroqda boʻlsa, bu katta ehtimollik bilan ish beradi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1987

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech