Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Moliyaviy savodxonlik asoslari haqida
15 Mar 2019
Shaxsiy moliyaga mohirona tasarruf qilish — zamonaviy kundalik hayotning muhim koʻnikmalaridan biri. Boz ustiga, moddiy holatni yaxshilash uchun shunchaki byudjetni rejalashtirish tamoyillarini bilib olish kerak. Ushbu maqolada biz moliyaviy savodxonlik sohasida baʼzi bir asosiy jihatlarni koʻrib chiqishga harakat qilamiz.

Oilaviy byudjetni rejalashtirish

Oilaviy byudjetni yuritish — pul bilan ancha ongli ravishdagi munosabatlarga qoʻyilgan jiddiy qadam. Umumiy daromadlar va xarajatlarning hisobi behuda sarflarning oldini olish va mablagʻlarni samaraliroq toʻplash imkonini beradi.

Byudjetni kallada nazorat qilishga urinishlar — kam istiqbolli ish ekanligini qabul qilish muhim. Raqamlarni yozib olishga harakat qiling, bunda yozuvning shakli koʻp jihatdan didning ishi boʻlib qoladi. Eskichasiga daftar yuritishga qaror qildingizmi — ajoyib, Excel jadvali ham aʼlo ravishda mos keladi. Muhimi, hammasini kallada ushlab turishga toʻgʻri kelmasin va qulay ravishda tuzilgan boʻlsin.

Koʻngilga yaqin instrumentni tanlab olganingizdan keyin xarajatlar jadvalini tuzing. Tuzib chiqing va nima boʻlishidan qatʼiy nazar unga rioya qilishga harakat qiling. Bunday yondashuv nafaqat ortiqcha favqulodda holatning oldini oladi, balki u yoki bu maʼnoda sizni deyarli tejashga ham undab qoladi.

Saqlab qolish va koʻpaytirish

Kim nima demasin, ammo tejamkorlik – bu bamisoli shtangani koʻtarishga oʻxshaydi. Zoʻriqib ketmaslik uchun ogʻirliklarni sekin-asta koʻpaytirib borish kerak. Oʻylashimizcha, peshona teri bilan ishlab topilgan oylik maoshning toʻrtdan bir qismini bir chetga surib qoʻyishga kamdan-kam odamning iroda kuchi yetadi (biz bunday qilishga maslahat bermaymiz, negaki bu juda ham katta ulush). Yaxshisi ramziy summadan boshlash va sekin-asta uni oshirib borish kerak. Tajribamizdan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, oltin oraliq daromadlarning 15 foizlari yaqinida joylashgan boʻladi.

Ammo bunday ishda nojoʻya samara ham mavjud.

Toʻplashga qiziqib ketib, eng muhimi tayoqni qattiq bukib yubormaslik va sogʻliq uchun tejash zararli, kamida, xunuk koʻrinishini yodda tutish kerak.Yaʼni, albatta, oilaviy byudjetni toʻldirish foydasiga yangi smartfondan voz kechish – oqilona qaror, ammo agar sifatli ovqatlanish yoki tibbiy dorilarni tanlashda tejashga urinish ogʻir oqibatlarga olib kelishi tayin. Shuning uchun tejashga aql bilan yondashish zarur.

Karta yoki naqd pul?

Shak-shubhasiz, bugungi kunda ushbu tanlov unchalik keskin ahamiyat kasb etmay qoldi. Koʻpchilik muassasalarda — restoranlardan tortib metropoliten kassalarigacha — oʻzingiz uchun qulay usulda toʻlash imkoniyatiga egasiz. Albatta, bu jihatdan naqd pullarga yetadigani yoʻq: axir har holda “kechirasiz, ammo biz naqd pullarni qabul qilmaymiz” deydigan holatga tushib qolmasligingiz turgan gap. Plastik kartalarga xizmat koʻrsatish uchun uzluksiz Internetga kirish zarur, sotuvchida esa bankda hisob raqami ochilgan boʻlishi kerak. Agar butunjahon oʻrgimchak toʻri bilan holat tobora yaxshilanib borayotgan boʻlsa, ammo bozorlarda, boz ustiga, koʻcha savdogarlarida terminallar hamon anqoning urugʻi.

Bundan tashqari, agar siz kartani yoʻqotib qoʻysangiz yoki oʻgʻirlikning qurboniga aylansangiz, siz iloji boricha tezroq bankka qoʻngʻiroq qilishingiz va hisobni bloklashtirib qoʻyishingiz kerak .Sizning mablagʻlaringizdan boshqa kimdir foydalanib qolishi ehtimoli deyarli nolga teng.Naqd pullar yoʻqolganda esa shunday deyishning imkoni yoʻq – bunday holatda siz u bilan butunlay xayrlashishingiz ehtimoli haqiqatga yaqin boʻladi.

Bundan tashqari, agar siz kartani yoʻqotib qoʻysangiz yoki oʻgʻirlikning qurboniga aylansangiz, siz iloji boricha tezroq bankka qoʻngʻiroq qilishingiz va hisobni bloklashtirib qoʻyishingiz kerak .Sizning mablagʻlaringizdan boshqa kimdir foydalanib qolishi ehtimoli deyarli nolga teng.Naqd pullar yoʻqolganda esa shunday deyishning imkoni yoʻq – bunday holatda siz u bilan butunlay xayrlashishingiz ehtimoli haqiqatga yaqin boʻladi.

Naqd pulsiz operatsiyalar – pul munosabatlarining kelajagi, degan gaplarni koʻp eshitib qolamiz. Bu fikr ortida raqamlar turibdi: koʻplab rivojlangan mamlakatlar aholi tomonidan qogʻoz pullarning foydalanishini iloji boricha kamaytirishga harakat qilishadi. Masalan, Norvegiyada elektron tranzaksiyalardan foydalanish foizi hisob operatsiyalarining umumiy massasidan 95 foizni tashkil etadi, 2020 yilga kelib esa mamlakat dunyoda birinchi boʻlib naqd pullardan toʻliq voz kechishni rejalashtirmoqda. Birinchi navbatda, ushbu xavfsizlik nuqtai nazaridan qulay trend: bank tizimlari yaxshi himoyalangan va bor-yoʻgʻi oddiy ehtiyotkorlik qoidalariga rioya qilish bilan ushbu sohadagi barcha firibgarlik sxemalari yoʻqqa chiqariladi.

Kartadan foydalanishning asoslari

Mohiyatiga koʻra, karta sizning bank hisobingizga asosiy kalit hisoblanadi. Garchi biz “plastik” yoʻqotilganda minimal xatarlar haqida yozgan boʻlsak-da, unga ayab munosabatda boʻlish kerak. Shunday qilib, uni begonalarning qoʻli yetmaydigan joyda saqlash kerak.Kartada hisob raqami chop etilgan va sizning mablagʻlaringiz xavfsizligi uchun uni faqat oʻzingiz bilganingiz maʼqul. Bevosita kartaning oʻziga pin-kodni yozib qoʻyish – bu yomon ish ekanligini bu yerga qoʻshib qoʻyamiz, axir aynan “karta + pin-kod” kombinatsiyasi sizning masofaviy mablagʻlaringizga kirish yoʻlini beradi. Jinoyatchilarning ishini osonlashtirib yubormang.

Kartaning saqlanishiga uni ehtiyotkorlik bilan saqlash ham tegishli. Uning ich qurilmasida elektron chip mavjudligi sababli, uni elektronika va kuchli magnitlar yonida ushlash talabga muvofiq emas (sizning hamyoningizdagi narsalar hisobga kirmaydi). Plastik karta egiluvchanlikning cheklangan zaxirasiga ega ekanligini ham yodda tutish zarur. Maʼlum bir vaqtda u oʻzining birlamchi shakliga qaytmasligi mumkin va bu uning yaroqliligiga taʼsirini oʻtkazadi.

Darvoqe, bank kartasida hamisha bank bosh ofisining manzili, shuningdek uning telefon raqami mavjud. Aar qoʻl ostingizda yozuv daftarchasi boʻlmay qolsa, internetga kirish esa imkoni boʻlmay turganda, ushbu axborotdan foydalanib qoling.



Moliyaviy savodxonlik va umuman olganda savodxonlik– ancha keng masala va u haqda juda uzoq gapirish mumkin. Biz pullar bilan muomala qilishning eng muhim jihatlarini qamrab olishga harakat qildik va bu mavzuni yana davom ettiramiz. Siz pullarni qanchalik yaxshi boshqara olsangiz, ular sizda shunchalik koʻp boʻlishini yodda tuting.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 2285

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech