Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kartalarni buyurtma qilish xizmati ishini yangilash
4 Nov 2022

“Kapitalbank” ATB O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun kartalarga onlayn-buyurtma berish xizmatini ishga tushiradi: bank ilovasi yordamida kartaga buyurtma berish va uni boʻlimga kelmasdan kuryerlik yetkazib berish xizmati orqali olish mumkin bo‘ladi. Yangilangan xizmat noyabr oyidanoq ish boshlaydi va birinchi bosqichda Toshkent shahri aholisiga taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan jismoniy shaxslar uchun rioya etish komplaens-qoidalar kuchaytirilishi munosabati bilan bank tomonidan hisobvaraqa ochish va kartalar chiqarish uchun arizalar qabul qilish elektron navbat formatiga o‘tkazilmoqda. Xorijiy fuqarolar “Kapitalbank” ilovasida “Elektron navbat” xizmati orqali komplaens-qoidalarni bajargandan so‘ng bank mutaxassislari qabuliga yozilishi mumkin bo‘ladi.

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagilar talab qilinadi:
— milliy uyali aloqa operatorlarining biridan olingan telefon raqami;
— xorijga chiqish pasportining fotosurat va ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan sahifasining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi chegarasini kesib o‘tish to‘g‘risidagi chegara xizmati muhri bosilgan betlarining skanerlangan nusxalari;
— mamlakat hududida ro'yxatdan o'tganligini tasdiqlovchi hujjat.

Norezident mijozlar uchun mobil ilova orqali kartalarga buyurtma berish xizmati uchun karta mahsulotlari tariflari ham o‘zgardi. Yangilangan tariflar bank saytidagi “Xizmat tariflari” bo‘limida e’lon qilingan.

Xorijiy fuqarolar avvalgidek “Kapitalbank” ATBda O‘zbekiston Respublikasiga kelganidan keyin 15 kundan kechiktirmay hisob va kartani olishlari mumkin. Kartalarni yetkazib berish kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi. Xizmat Toshkent shahrida mavjud.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 2526

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech