Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kapitalbank”ning korporativ mijozlari to'lovlarni bir zumda va kunning istalgan vaqtida amalga oshirishlari mumkin!
12 May 2020

"Kapitalbank" korporativ mijozlar uchun "Onlayn 24/7" yangi tarifini ishga tushirdi, bu dam olish kunlari va bayramlarda ham tanaffuslarsiz 24 soat davomida so’mli to'lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Tarif narxi atigi 100 000 so'm.

Onlayn 24/7 paydo bo'lgunga qadar, tashkilotlar to'lovlarni faqat ish soatlari davomida va faqat banklar ishlaydigan kunlarda qabul qilishlari va yuborishlari mumkin edi. Bank jadvaliga moslashishga to'g'ri kelardi, agar to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmasa, u holda butun dam olish kunlari davomida kutish holatida "osilib qolish" mumkin edi. Endilikda tadbirkorlar 24 soat davomida va bundan tashqari bir zumda onlayn tarzda to'lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Ilgari to'lovlar o'rtacha 10-15 daqiqadan amalga oshirilgan - bank xodimlari har bir to'lovni qo'lda qayta ishlashgan. Onlayn 24/7 tarifi yordamida to'lovlar avtomatik ravishda va kechikishlarsiz amalga oshiriladi.

Tezkor to'lovlarni “MOBILE 24” mobil ilovasidagi masofaviy bank xizmatlari tizimi orqali yoki https://pc.bank24.uz/ saytidagi shaxsiy kabinetda amalga oshirishingiz mumkin.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1178

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech