Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"Kapitalbank" ketma-ket uchinchi marotaba Bank faoliyati indeksida Yetakchilik qilmoqda!
27 Apr 2021
 Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Bank faoliyati indeksini yangiladi. Reytingda "Kapitalbank" ATB boshchilik qilmoqda.

 17 ta yirik banklar orasida "Kapitalbank" 2020-yilning II choragidan beri yetakchilikni oʻzida ushlab turgan holda, hali ham uni saqlab kelmoqda. Kapitalning yetarliligi, daromadliligi va boshqaruv sifati jihatidan kuchli natijalar bankka umumiy reytingdagi o'rnini mustahkam egallashga imkon berdi.

Xususan, bank muddatli depozitlarining kreditlarning umumiy miqdoriga nisbati 78 foizni tashkil etdi. Boshqa banklar va moliya institutlaridan olingan mablag'larning ulushi 3,5 foizni tashkil etdi, deb yozadi Gazeta.uz ITIM ma'lumotlariga asoslanib.  Davlatdan olingan mablag'larning ulushi 2020-yilning IV choragiga nisbatan 0,8 foizga o'sib, 1,3 foizni tashkil etganiga qaramay, ushbu ko'rsatkich bank majburiyatlari tuzilmasidagi eng past ko'rsatkichlardan biri bo'lib qolmoqda.

 Taʼkidlash joizki, indeks ITIM tomonidan mamlakatning 31 ta tijorat banki uchun ishlab chiqilgan va har chorakda yangilanadi.  Hisoblashda banklarning quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ko'rsatkichlari qo'llaniladi: moliyaviy vositachilik, moliyaviy imkoniyat, kapitalning yetarliligi, aktivlar sifati, boshqaruv samaradorligi, daromadlilik, likvidlik.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 882

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech