Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kapitalbank” ATB 2022 yil uchun hisobotini e’lon qildi
15 May 2023

Elektron tijorat va moliyaviy texnologiyalar ekotizimi – Uzum kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi O‘zbekistondagi eng yirik xususiy tijorat banki “Kapitalbank” ATB 2022-yil uchun MHXS – Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘zining konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotini e’lon qildi. Bank faoliyatining o‘tgan yildagi natijalari daromadlar va aktivlarning ma’lum darajada o’sganligi, shuningdek, boshqa asosiy ko‘rsatkichlar sezilarli darajada yaxshilanganligini ko‘rsatmoqda.

“Kapitalbank” ATBning 2022 yildagi sof foydasi 2021 yil bilan taqqoslaganda ikki yarim baravar ko‘p – 943,7 milliard so‘mni tashkil etdi. 2022-yilda bankning kredit portfeli ikki barobar – 16 517 milliard so‘mga ko’paydi, jismoniy va yuridik shaxslar omonatlarining umumiy hajmi esa 89,5 foizga o‘sdi. Moliyaviy yil yakunlari bo’yicha xususiy kapital rentabelligi (Return on equity, ROE) 49,3%, aktivlar rentabelligi (Return on assets, ROA) 4,3% ni tashkil etdi; 2021 yil bilan taqqoslaganda - mos ravishda 34,5% va 3,3% ni tashkil etadi.

«Biz o'tgan yilgi faoliyatning asosiy yo'nalishlari bo'yicha biznesning yuqori darajada o'sish sur'atlarini mamnuniyat bilan qayd etamiz. Berilgan kreditlarning rekord darajadagi hajmi va omonatlarning sezilarli darajada oshganligi xizmat ko’rsatish sifatining yuqori darajada ekanligi va mijozlarimizning bizga bildirgan ishonchlaridan dalolat ekanligi bankning O‘zbekiston bozorida yetakchi mavqega ega ekanligini tasdiqlaydi. Mamlakatning eng yirik xususiy tijorat banki sifatida biz O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va tadbirkorlik subyektlari uchun bank xizmatlarini bundan keyin ham yanada rivojlantirish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha faol ish olib borishda davom etamiz”, — deya ta’kidladi “Kapitalbank” ATB Boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy.

2022-yilning dekabr oyida “Kapitalbank” ATB elektron tijorat xizmatlari (Uzum Market), toʻlov va fintex xizmatlari (Uzum Bank va Uzum Pay) va halol boʻlib-boʻlib toʻlash xizmatini (Uzum Nasiya) oʻzida birlashtirgan Uzum raqamli ekotizimining bir qismiga aylandi. 40 mingdan ortiq korxona va 1,5 milliondan ortiq jismoniy shaxslar “Kapitalbank” ATB mijozlari hisoblanadi.

ATB Kapitalbank moliyaviy hisobot -2022
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 4105

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech